Asqar Akayev yana Qirg‘izistonni tark etib, Moskvaga yo‘l oldi
Qirg‘izistonning birinchi prezidenti Asqar Akayev Bishkekdan Moskvaga uchib ketdi, u ilgari «Qumtor» oltin konini ishi bo‘yicha tergov ishlariga yordam berish maqsadida keltirilgandi.
Sobiq davlat rahbarining yordamchisi Bekbolot Talgarbekovning aytishicha, Akayev «tergovning barcha savollariga to‘liq javob berdi».
O‘z navbatida, sobiq prezidentining yana bir yordamchisi Bolot Januzoqov Akayev «Kumtor» ishi bo‘yicha guvoh sifatida qatnashganligini tasdiqlagan. «Unga hech qanday ayblov qo‘yilmadi», — deya ta’kidlagan Januzakov. Akayev Bishkekka 2 avgust kuni yetib kelgandi.
Qirg‘iziston sobiq bosh vaziri Feliks Kulovning so‘zlariga ko‘ra, u buni o‘z tashabbusi bilan amalga oshirgan va tergov bilan hamkorlik qilishga tayyorligini bildirgan.
Yakshanba kuni Qirg‘izistonning «Ala-Too 24» telekanali Akayevning videomurojaatini e’lon qildi, unda u «Qumtor» konida qazib olish jarayonida yo‘l qo‘yilgan xatolar haqida gapirdi.
Sobiq prezident Qumtor oltin konini o‘zlashtirish loyihasidagi korrupsiya ishi bo‘yicha tergovga jalb etilgan. Markaziy Osiyoda yirik oltin zaxirasiga ega «Qumtor» koni tasarrufi aynan Akayev boshqaruvi davrida, 1992-yilda Kanada kompaniyasiga topshirilgan. Qirg‘iziston tergov idoralariga ko‘ra, konni tasarruf etish bo‘yicha loyiha g‘olibligi tendersiz ajnabiy firmaga berib yuborilgan. 2003-yilgi qo‘shimcha bitim bilan Qirg‘izistonning qo‘shma korxonadagi ulushi 67 foizdan 26 foizga kamaytirilgan. Huquq idoralari bu holatni milliy manfaatlarning buzilishi va korrupsiya deb hisoblamoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter