Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Assanj o‘lim jazosi bor mamlakatlarga topshirilmaydi

Assanj o‘lim jazosi bor mamlakatlarga topshirilmaydi

Buyuk Britaniya «WikiLeaks» asoschisi Julian Assanjni o‘lim jazosi qo‘llaniluvchi mamlakatlarga topshirmaydi. Qo‘shma qirollik tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari Alan Dankan Ekvador tashqi ishlar vaziri Xose Valensiya bilan uchrashuvdan so‘ng ushbu bayonotni berdi.

«Ikki mamlakat [Буюк Британия ва Эквадор] bu haqda kelishib oldi», — «EFE» agentligi diplomatdan iqtibos keltirmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Assanj «WikiLeaks»ga 2006-yili asos solgan. O‘shandan beri agentlik saytida qator mamlakatlar hukumatlari (jumladan, AQSh) faoliyati haqidagi maxfiy ma’lumotlar yoritib kelinmoqda. Shu munosabat bilan jurnalistga nisbatan AQSh adliya vazirligi bir necha o‘n banddan iborat ayblovlarni sirtdan ilgari surgandi.

Ko‘p yillar Ekvadorning Londondagi elchixonasi hududidan boshpana topgan Assanj shu yilning bahorida britan maxsus xizmatlari tomonidan hibsga olingandi. Assanjning AQShga estraditsiya qilinishi bo‘yicha eshituvlar 2020-yilning 24-fevralidan keyin boshlanishi ma’lum qilingan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring