AT «Aloqabank»: qaysi masalada ko‘p murojaat qilinmoqda?
AT «Aloqabank»ka 2019-yilning birinchi yarmida jami 568 ta murojaat kelib tushdi. Murojaatlar soni o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 32 foizga kamaygan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti virtual qabulxonasi, Xalq qabulxonalari, Bosh prokuraturaning «Ishonch telefoni» orqali va bank boshqaruvi raisining virtual qabulxonasi orqali 380 ta elektron murojaat, jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri va idora tashkilotlar orqali 37 ta yozma murojaat hamda bankning «Ishonch telefoni», bank boshqaruvi raisi va o‘rinbosarlarining shaxsiy va sayyor qabullari orqali 151 ta og‘zaki murojaat kelib tushgan.
Murojaatchilar asosan tadbirkorlik uchun imtiyozli kredit so‘rashmoqda
Jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushayotgan murojaatlar tahlili shuni ko‘rsatmoqdaki, «Har bir oila — tadbirkor» dasturi asosida imtiyozli hamda tadbirkorlik faoliyati uchun kam foizli kreditlar olishga talabgorlar ko‘p. Qolaversa, bank plastik kartalaridan foydalanish tartibi bo‘yicha ham iste’molchilar bankka ko‘p murojaat qilishmoqda.
Hisobot davrida kelib tushgan jami 568 ta murojaatning 97 tasi qanoatlantirilgan, 471 ta murojaatga tegishli tushuntirishlar berilgan.
Murojaat qiluvchilarga qulaylik yaratish maqsadida AT «Aloqabank»ning Mijozlarni qo‘llab-quvvatlash markazi, korporativ veb-sayti, telegram-boti va ichki «Ishonch telefoni» yo‘lga qo‘yilgan.
Reklama huquqi asosida
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter