Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Atletiko» «Real» darvozasiga 7ta gol urdi

«Atletiko» «Real» darvozasiga 7ta gol urdi

Xalqaro Chempionlar Kubogi doirasida «Atletiko Madrid» «Real»ga qarshi bahs olib borib, unda yirik hisobda g‘alaba qozondi.

AQShda o‘tgan o‘yinda «Atletiko» «Real»ni 7:3 hisobida taslim qildi. Simeone shogirdlaridan gollarni Diyego Kosta (4 ta), Joau Feliks, Anxel Korrea hamda Vitolo kiritdi. «Real»dan esa Nacho, Karim Benzema hamda Xavi gol urishdi.

Shu tariqa Zayniddin Zidan shogirdlari Xalqaro Chempionlar Kubogini 1 g‘alaba va 2 mag‘lubiyat bilan yakunlashga majbur bo‘ldi.

«Atletiko» esa hozirgacha ikkita o‘yinda ham g‘alaba qozongan. Simeone shogirdlari 10 avgust kuni «Yuventus»ga qarshi maydonga tushadi.

«Real» — «Atletiko» 3:7

Gollar: 0:1 – 1 Diyego Kosta, 0:2 – 8 Joau Feliks, 0:3 – 19 Korrea, 0:4 – 28 Diyego Kosta, 0:5 – 45, penalti Diyego Kosta, 0:6 – 51 Diyego Kosta, 1:6 – 59 Nacho, 1:7 – 70 Vitolo, 2:7 – 85, penalti Benzema, 3:7 – 89 Xavi.

«Real Madrid» – Kurtua (Navas, 46), Marselo (Beyl, 62), Ramos (Xavi, 62), Odriosola (Karvaxal, 46), Nacho, Isko (Rodrigo, 62), Kroos, Azar (Adri, 62), Modrich (Kubo, 62), Vinisius Junior (Vaskes, 46), Yovich (Benzema, 30).

«Atletiko» – Oblak, Savich (Felipe, 66), Ermoso (Montero, 66), Trippiyer (Karlos Isaak, 65), Lodi (Sanches, 66), Saul (Errera, 66), Koke (Lorente, 66), Lemar (Sanabriya, 66), Joau Feliks (Vitolo, 66), Diyego Kosta, Morata (Korrea, 13; Kamelo, 66).

Ogohlantirishlar: Isko (31), Saul (65), Nacho (88).

Chetlatishlar: Diyego Kosta (65), Karvaxal (65).

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring