Atmosfera havosini zararlayotgan 500 dan ortiq avtomobil egalariga chora ko‘rildi
Respublika bo‘ylab «Toza havo» oyligining birinchi bosqichi davom etmoqda. Unda 10-apreldan hozirgi kunga qadar 58 ming 822 ta avtomobil ekologik nazoratdan o‘tkazildi.
Ekologiya vazirligining qayd etishicha, bu «Atmosfera havosini muhofaza qilish to‘g‘risida»gi Qonunning 16, 17 va 28-moddalari hamda «Ekologik nazorat to‘g‘risida»gi Qonunning 11-moddasi talablari ijrosini ta’minlash hamda avtotransport vositalarining ekologik holati yuzasidan davlat ekologik nazoratini olib borish maqsadida amalga oshirilmoqda.
Tadbir davomida 518 ta transport vositasi atmosferaga me’yoridan ortiq zararli moddalar chiqarayotganligi aniqlangan. Holatlar yuzasidan jami 303 nafar haydovchiga nisbatan MJtKning tegishli moddalari bilan jami 50,1 mln so‘m jarima qo‘llanilgan. Shuningdek, 222 ta transport vositasining harakati vaqtincha to‘xtatilgan.
«Toza havo» oyligining joriy yildagi 2-bosqichi 10-mayga qadardavom etadi. Tadbir davomida jami 200 mingta avtotransport vositalarini ekologik nazoratdan o‘tkazish belgilangan», – deyiladi xabarda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter