«Atomekspo 2024»: 13-forumda toza energiya kelajagi muhokama qilinadi
25 mart kuni Sochi – Sirius fan va san’at markazida atom sanoati sohasidagi eng yirik tadbir – «Atomekspo 2024» 13-forumi ish boshladi.
«Rosatom» davlat korporatsiyasi tashabbusi bilan tashkil etilgan «Toza energiya. Kelajakni birga yaratish» mavzusidagi ushbu yirik tadbir ikki kun davom etadi.
Anjumanda 75 mamlakatdan 4500 dan ortiq atom sanoatining yirik korxonalari vakillari va ekspertlar atom sanoati uchun eng muhim bo‘lgan va rivojlantirish tendensiyalarini shakllantirishga qaratilgan muhokama va davra suhbatlarida qatnashadilar. O‘zbekiston Respublikasi energetika vazirligi, Fanlar akademiyasi, O‘zatom, Yadro fizikasi instituti, Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutidan kelgan o‘zbekistonlik mutaxassislar chiqishlari ham kun tartibiga kiritilgan.
«Biz birgalikda yadro texnologiyalari, termoyadro va boshqa texnologiyalarning to‘rtinchi avlodini muhokama qilamiz. Faqat barcha mamlakatlar bilan birgalikda sayyoramiz uchun toza energiya kelajagini qurishimiz mumkin», – deya ta’kidladi «Rosatom» bosh direktori Aleksey Lixachev o‘zining tabrik nutqida.
Qayd etilishicha, bu yilgi forumda har yilgidan ko‘p xalqaro mehmonlar, ekspertlar va delegatsiyalar ishtirok etmoqda. Ilk marta Mali, Nigeriya va Iroqdan ishtirokchilar keliishgan.
Forum doirasida ekspertlar Shimoliy dengiz yo‘lining rivojlanishi, qayta tiklanadigan energiya manbalarining salohiyati va mahalliy energetika va sanoat bilan bog‘liq boshqa ko‘plab mavzularni muhokama qiladilar.
An’anaga ko‘ra, forumda muhim hamkorlik shartnomalarini imzolash marosimlari bo‘lib o‘tadi. Forumning butun tarixi davomida bunday shartnomalar soni 500 dan oshdi va ularning umumiy qiymati 63 milliard dollarga baholanmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter