Autsorsing xizmati uchun o‘tkazilgan 1,6 mlrd so‘mlik tender bekor qilindi
Namangan viloyati Chortoq tuman tibbiyot birlashmasi buyurtmachiligida 2023 yil 19 aprel kuni o‘tkazilgan 1 mlrd 577,5 mln so‘mlik davlat xaridi Aksilkorrupsiya agentligi o‘rganishlaridan so‘ng bekor qilindi.
Agentlikka ko‘ra, tender jarayonlarida, xususan, «Davlat xaridlari to‘g‘risida»gi qonunning 10 (raqobat va xolislik prinsipi), 14 (manfaatlar to‘qnashuvi) va 46-moddalari (davlat xaridlari jarayonidagi cheklov) talablari buzilgan.
Aniqlanishicha, ushbu xaridda ishtirok etgan 2 nafar tadbirkorning hujjatlari xarid komissiyasining kotibi foydalangan kompyuterning IP-manzili orqali elektron platformaga yuklangan.
Mazkur holat bo‘yicha davlat xaridi o‘tkazilgan kunning o‘zida Agentlik xarid komissiyasining bayonnomasini bekor qilish to‘g‘risida buyurtmachiga taqdimnoma kiritgan va qonuniy chora ko‘rish uchun Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentiga to‘plangan hujjatlar yuborilgan.
Holat bo‘yicha xizmat tekshiruvi o‘tkazish uchun Sog‘liqni saqlash vazirligiga so‘rovnoma kiritildi.
Agentlik taqdimnomasiga binoan Chortoq tuman tibbiyot birlashmasi tomonidan 27-aprel kuni xarid komissiyasining bayonnomasi bekor qilindi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter