Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Avatar-2» ikki mlrd dollardan ko‘p pul ishlagan 6-filmga aylandi

«Avatar-2» ikki mlrd dollardan ko‘p pul ishlagan 6-filmga aylandi

Foto: YouTube

Rejissyor Jeyms Kemeron suratga olgan «Avatar: Suv yo‘li» (Avatar-2) filmining kassa tushumlari, ekranlarga chiqqanidan olti hafta o‘tib, 2 mlrd AQSh dollaridan oshdi. Bu haqda Variety xabar berdi.

Film 598 mln dollarni AQShda, 1,4 mlrd dollarni xorijdagi namoyishlardan ishladi.

Shu tariqa kino tarixida 2 mlrd dollardan ortiq pul ishlagan filmlar soni 6 taga yetdi:

  1. «Avatar-1»
  2. «Qasoskorlar: Final»
  3. «Titanik»
  4. «Yulduzlar jangi: Kuchning uyg‘onishi»
  5. «Qasoskorlar: Cheksizlik urushi»
  6. «Avatar-2».
Jeyms Kemeron «Avatar-2»ni suratga olish jarayonida

E’tiborli tomoni, tarixdagi eng ko‘p daromad keltirgan filmlarning uchtasini Jeyms Kemeron suratga olgan. Aktrisa Zoi Saldana («Avatar»da Neytiri) eng serdaromad oltita filmning to‘rttasida rol o‘ynagan.

Neytiri va aktrisa Zoi Saldana
Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring