Avgustning so‘nggi kunida koronavirus bo‘yicha statistika qanday o‘zgardi?

2021-yil 31-avgust holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 157136 (+742) nafarni tashkil etmoqda.
Yangi kasallanish holatlarining:
79 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida,
24 nafari Andijon viloyatida,
15 nafari Buxoro viloyatida,
19 nafari Jizzax viloyatida,
13 nafari Qashqadaryo viloyatida,
13 nafari Navoiy viloyatida,
17 nafari Namangan viloyatida,
65 nafari Samarqand viloyatida,
17 nafari Sirdaryo viloyatida,
26 nafari Surxondaryo viloyatida,
69 nafari Farg‘ona viloyatida,
18 nafari Xorazm viloyatida,
116 nafari Toshkent viloyatida,
251 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
Shuningdek, 6 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 1088 nafarni tashkil qildi.
31-avgust kuni 244 nafar kishida pnevmoniya aniqlanib, jami bemorlar soni 23909 nafarga yetdi. Kecha ularning 306 nafari sog‘ayib, umumiy sog‘ayganlar soni 16576 nafarni tashkil qilmoqda.
Shuningdek, 3 nafar bemor vafot etib, shu kungacha pnevmoniyadan vafot etganlar soni 174 nafarga yetdi
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter