Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Avia va temir yo‘l yo‘lovchilariga qo‘yilgan talablar e’lon qilindi

Avia va temir yo‘l yo‘lovchilariga qo‘yilgan talablar e’lon qilindi

Foto: Xabar.uz

Bugun AOKA huzuridagi shtabda O‘zbekiston Transport vazirligi Axborot xizmati rahbari Navro‘z Ashurmatov ishtirokida brifing o‘tkazildi.

Brifingda Respublika maxsus komissiyasi tomonidan tasdiqlangan Karantin davrida mahalliy yo‘nalishlarda avia va temir yo‘l qatnovlarini yo‘lga qo‘yishning vaqtinchalik tartibi haqida ma’lumot berildi.

Mazkur tartibga muvofiq yo‘lovchilarga quyidagi talablar qo‘yiladi:

  • Reyslarga chiqish istagida bo‘lgan yo‘lovchilar koronavirus infeksiyasiga test topshirishi lozim.
  • Bunda Sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi markazi tomonidan koronavirus infeksiyasiga test tahlillari olinganiga 120 soatdan ko‘p bo‘lmagan va tahlil natijasi «manfiy» ekanligi haqidagi ma’lumotnomaga ega bo‘lgan yo‘lovchilar reyslarga qo‘yiladi.
  • Barcha yo‘lovchilar aeroport va temir yo‘l vokzallari hududiga kirishdan oldin tana harorati o‘lchanadi.
  • Tana harorati 37 Sdan yuqori bo‘lmagan yo‘lovchilar dezinfektor yordamida zararsizlantiriladi hamda havo va temir yo‘l transportlariga bir martalik himoya niqoblari va qo‘lqoplarda kiritiladi.
  • Tana harorati 37 Sdan yuqori bo‘lgan yo‘lovchilarga avia va temir yo‘l xizmatlaridan foydalanishga ruxsat berilmaydi.
  • Bunday holatlarda yo‘lovchiga chipta puli belgilangan tartibda qaytarib beriladi.
  • Yo‘lovchilar aeroport va temir yo‘l vokzallarida ijtimoiy masofani saqlashlari hamda yo‘naltiruvchi maxsus tasmalar bo‘ylab harakatlanishlari shart.
  • Aeroport va temir yo‘l vokzallarida umumiy ovqatlanish, xizmat ko‘rsatish va savdo shahobchalarining faoliyat yuritishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Yo‘lovchilar savdo avtomatlaridan foydalanishlari mumkin.
  • Yo‘lovchilar havo kemalariga va temir yo‘l vagonlariga ijtimoiy masofani saqlagan holda joylashtiriladi.
  • Avia va temir yo‘l qatnovlariga elektron chiptalar onlayn tarzda sotiladi.

Samolyot va poyezdda harakatlanuvchi yo‘lovchilar mazkur tartib-qoidalariga rioya etishlari talab etiladi:

  • Yo‘lovchilarning parvoz vaqtida havo kemasi salonida harakatlanishlari taqiqlanadi; (hojatxonadan foydalanish holatlari bundan mustasno).
  • Parvoz vaqtida oziq-ovqat mahsulotlari, turli xil jurnal va gazetalar tarqatilmaydi; (avariya holatidagi harakat yo‘riqnomasi bundan mustasno).
  • Parvoz vaqtida yo‘lovchilarga faqatgina 250 ml hajmdagi qadoqlangan ichimlik suvlari beriladi.
  • Yo‘lovchilarga poyezd vagonlarida o‘zlariga taqdim etilgan bir martalik himoya niqoblari va qo‘lqoplarini yechishlariga ruxsat berilmaydi; (yo‘lovchilarning suv ichish holatlari bundan mustasno).
  • Yo‘lovchilarning vagonlar bo‘ylab harakatlanishlari taqiqlanadi; (hojatxonadan foydalanish holatlari bundan mustasno).
  • Vagonlarning hojatxona hamda tamburlarida yo‘lovchilarning to‘planishlariga yo‘l qo‘yilmaydi.
  • Yo‘lovchilar uchun hojatxonalar sanitariya va gigiyena tozalovchi vositalari, antiseptik vositalari bilan to‘liq ta’minlanadi.

Mazkur Vaqtinchalik tartib talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar epidemiyalarga qarshi kurash qoidalarini buzganlik uchun ma’muriy javobgarlikka tortiladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring