Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Avtobus haydovchilariga 7 sutkadan berildi

Avtobus haydovchilariga 7 sutkadan berildi

Ijtimoiy tarmoqlarda avtobus haydovchilari o‘zaro yo‘lovchi talashib mushtlashayotgani aks etgan video tarqalgandi. 

Bugun, 2-mart kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Yashnobod tuman sudida Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 183-moddasi (mayda bezorilik) bo‘yicha N. B. (1991 yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan, 1-sonli avtobus saroyiga qarashli 28-sonli yo‘nalish avtobus haydovchisi) va M. M. (1995 yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan, «Avtosantrans-servis»ga qarashli 155-sonli yo‘nalish avtobus haydovchisi) ga nisbatan yuritilgan ma’muriy ish ko‘rib chiqildi.

Sud majlisida aniqlanishicha, 2023-yil 28-fevral kuni soat taxminan 8:30 larda Yashnobod tumani Izzat ko‘chasida o‘zlariga biriktirlgan avtobuslarni boshqarib, harakat davomida bir-birlariga yo‘l bermasdan kelib, shu ko‘chada joylashgan 76-sonli avtobekat oldida to‘xtab, jamoat joyida jamiyatda yurish-turish qoidalarini qasddan mensimasdan, o‘zaro janjallashib, bekatda turgan fuqarolar oldida bir-birlarini uyatli so‘zlar bilan haqorat qilib, fuqarolar osoyishtaligini buzib, mayda bezorilik qilishgan. Huquqbuzarlar ushbu harakatlari bilan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 183-moddasida nazarda tutilgan huquqbuzarlikni sodir qilishgan.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Yashnobod tuman sudining 2023-yil 2-martdagi qarori bilan N. B. va M. M. ning har biriga Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 183-moddasi bilan 7 sutkadan ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi.

Ushbu qaror ustidan qonunchilikda belgilangan tartib va muddatlarda Toshkent shahar sudiga apellyasiya shikoyati yoki protest berilishi mumkinligi ma’lum qilingan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring