Avtobus va «Tez yordam»ga tashvish tugmalari o‘rnatiladi
IIV Qo‘riqlash departamenti shahar jamoat transporti va «Tez tibbiy yordam»ga shartnoma asosida xizmat ko‘rsatadi.
PQ-360-son qarorda belgilanishicha, Ichki ishlar vazirligi Transport vazirligi va Sog‘liqni saqlash vazirligi bilan birgalikda yo‘nalishli avtobuslar va tez tibbiy yordam avtotransport vositalariga bosqichma-bosqich tashvish tugmalarini o‘rnatib, ularga jamoat tartibini saqlash, tibbiy yordam xodimlarining xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha shartnoma asosida qo‘riqlash xizmatlari ko‘rsatishni yo‘lga qo‘yadi.
2026 yil 1 yanvardan boshlab esa vazirlik texnik qo‘riqlovga olingan ob’yektlarni alohida guruhlarga ajratgan holda ko‘rsatilgan qo‘riqlash xizmatlari uchun differensial to‘lov tizimini joriy etishi kerak.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter