Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Avtobusda 47 nafar o‘zbekistonlik bo‘lgan» — TIV Qozog‘istondagi hodisa haqida

«Avtobusda 47 nafar o‘zbekistonlik bo‘lgan» — TIV Qozog‘istondagi hodisa haqida

O‘zbekiston Respublikasining Olmaota shahridagi (Qozog‘iston Respublikasi) Bosh konsulxonasi ma’lumotiga ko‘ra, joriy yil 12 may kuni Jambil viloyatida yo‘lovchi avtobusi ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan.

Nukus – Olmaota yo‘nalishi bo‘ylab harakatlanayotgan avtobusda 53 nafar yo‘lovchi, shu jumladan 47 nafar O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lgan. Voqea oqibatida 2 nafar O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘ldi.

Ayni paytda 16 nafar yurtdoshimiz tuman shifoxonasida, jumladan, 2 nafari jonlantirish bo‘limida qolmoqda.

O‘zbekistonning Olmaota shahridagi Bosh konsulxonasi qoshida jabrlanganlarga yordam ko‘rsatish bo‘yicha ishchi guruh tashkil etildi. Diplomatlar voqea joyiga yetib bordilar.

Huquqni muhofaza qilish organlar va tibbiyot muassasalari bilan doimiy aloqa o‘rnatilgan. Marhumlarning jasadlarini vatanga olib kelish bilan bog‘liq tashkiliy masalalar hal etilmoqda.

Vaziyat Bosh konsulxona nazoratiga olingan.

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi halok bo‘lganlarning oila a’zolari va yaqinlariga chuqur hamdardlik bildiradi hamda hamyurtlarimiz mamlakatimizning Olmaota shahridagi bosh konsulxonasiga (tel.: +77779504422, +77779504433) yordam so‘rab murojaat qilishlari mumkinligini ma’lum qiladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qozog‘istonda ichida o‘nlab kishilar bo‘lgan O‘zbekiston avtobusi YTHga uchragani haqida xabar berilgandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring