Avtobusda erkak va ayollar alohida o‘tirishi kerakligi haqidagi e’lon olib tashlandi

Ijtimoiy tarmoqlarda avtobus salonida ayollar va erkaklar uchun maxsus joy ajratilganligini targ‘ib qiluvchi e’lon aks etgan surat tarqalib, muhokamalarga sabab bo‘ldi.
Mazkur holat yuzasidan «Toshshahartransxizmat» AJ axborot xizmati rasmiy munosabat bildirdi.
Ma’lum qilinishicha, ushbu holat «8-Avtobus saroyi» filiali tasarrufidagi saroy raqami 433-bo‘lgan Isuzu rusumli avtobus yo‘nalishida kuzatilgan. Tezkor tadbir davomida, ushbu avtobus salonidagi e’lon olib tashlangan.
«Yuqoridagi kabi holatlarni bartaraf etish maqsadida, jamoat transportida e’lon qilinishi belgilanmagan maxsus posterlardan foydalanmaslik hamda ish faoliyati davomida haydovchi va chiptachilardan yanada hushyor holda ish yuritishlari yuzasidan tushuntirish ishlari olib borilayotganini ma’lum qilamiz», – deyiladi xabarda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter