Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Avtokreditning «ishkali» chiqdi

Avtokreditning «ishkali» chiqdi

Shayxontohur tumanida avtokredit olib berish bilan shug‘ullanuvchi firibgarlar faoliyati fosh etildi.

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Shayxontohur tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, «D.P.» va «P.G.» MChJ rahbarlari va boshqalar oldindan til biriktirib, fuqarolar tomonidan ushbu jamiyatlarga avtokredit olish uchun to‘langan jami 396,3 mln so‘m naqd pullarni o‘zlashtirishib, firibgarlik yo‘li bilan o‘zgalarning juda ko‘p miqdordagi mulkini qo‘lga kiritganliklari aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan «D.P.» va «P.G.» MChJ rahbarlari va boshqalarga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring