Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Avtomobilga taqiq bor-yo‘qligini qanday tekshirsa bo‘ladi?

Avtomobilga taqiq bor-yo‘qligini qanday tekshirsa bo‘ladi?

Yagona interaktiv xizmatlari portalida (my.gov.uz) yangi xizmat ishga tushirildi.

Ushbu xizmat orqali yuridik va jismoniy shaxslar o‘zlariga tegishli bo‘lgan avtronsport vositalariga taqiq mavjudmi yoki yo‘qligini tekshirishlari mumkin.

Buning uchun, avtotransport vositasi o‘zingizga tegishli bo‘lishi kerak.

Avtotransportni bosh ishonchnoma yoki ishonchnoma asosida boshqaruvchilar bu xizmatdan foydalana olishmaydi.

My.gov.uz orqali taqiqni tekshirish xizmati – bepul. Javob ham bir zumda taqdim etiladi.

Ma’lumot uchun: mazkur xizmat orqali sud, ichki ishlar, soliq va bojxona organlari, Majburiy ijro byurosi, notarial idoralar tomonidan qo‘yilgan qarzdorlik, kredit majburiyati, ijro hujjati va boshqa sabablarga ko‘ra belgilangan taqiqlarni aniqlash imkoniyati mavjud.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring