Ayblanuvchi hibsxonada o‘z joniga qasd qildi(mi?)

Toshkentdagi yirik bozorlar rahbarlarining iqtisodiy jinoyatlarda ayblanib, birin-ketin hibs etilishi ortidan «Chilonzor buyum savdo kompleksi» AJ bo‘lim boshlig‘i Dilshod Abdullayev ham 2018- yilning avgust oyida qamoqqa olingandi. «Kun.uz» xabariga ko‘ra, qamoqqa olinganidan uch oydan o‘tib, hibsxonadan D.Abdullayevning o‘ligi chiqdi. Bosh prokuratura Matbuot xizmatining «Kun.uz»ga ma’lum qilishicha, ayblanuvchi o‘z joniga qasd qilgan, «tergov davomida fuqaro D.Abdullayevga nisbatan ruxsat etilmagan hech qanday metodlar qo‘llanilmagan», — deya qo‘shimcha qilinadi xabarda.
Marhumning o‘z joniga qasd qilish sabablari, hisbxonadagi shaxs qanday vosita orqali o‘z hayotiga nuqta qo‘yishi mumkinligi hozircha ochiqlanmagan, mazkur holat yuzasidan tekshiruv ishlari olib borilmoqda.
Dilshod Abdullayevning jasadi kecha, 13-noyabr kuni tuproqqa qo‘yildi. U 43 yoshda edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter