Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Aydar - Arnasoy ko‘llar tizimiga oid xavotirli ma’lumot e’lon qilindi

Aydar - Arnasoy ko‘llar tizimiga oid xavotirli ma’lumot e’lon qilindi

Foto: Xabar.uz

Aydar - Arnasoy ko‘llar tizimida suv hajmi 49.2 km kubdan 36 km kubgacha kamaygan.

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi hamda Bosh prokuratura Jizzax viloyati Aydar-Arnasoy ko‘llar tizimining ekologik holatini o‘rganishgan.

O‘rganishga ko‘ra, Aydar-Arnasoy ko‘llar tizimiga quyiladigan suv hajmi yildan yilga kamayib, suv zaxirasi 49.2 km kub.dan 36,0 km kubga pasayganligi, suvning sho‘rlanish  darajasi 10-11 foizga oshganligi natijasida tabiiy bug‘lanish va cho‘llashishning keskin oshganligi, Ramsar konvensiyasiga kiritilgan «Tuzkon» bo‘limidagi 63,3 ming gektar  maydondagi «Arnasoy» ornitologik qo‘riqxonasining flora va faunasiga salbiy ta’sir etayotganiligi aniqlangan.

So‘nggi yillarda iqlimning o‘zgarishi va tashqi suv manbalaridan tashlanayotgan chuchuk suv miqdorda ayrim yillarda kamayishi va boshqa qator omillar sabab, ko‘llar tizimidagi suvning sathi 2 metrgacha pasayib, suv hajmi 36,8 mlrd kub metrgacha tushgan. Suvning minerallashuv darajasi esa 5,1 g/l-8,6 g/l ga, ko‘lning oxirgi qismlarida esa 12-15 g/l ga yetgan.

Bosh prokuraturaning qayd etishicha, yer osti suvlaridan foydalanish uchun quduq burg‘ilash va ulardan foydalanish  qoidalarini  buzgan 9 nafar shaxsga nisbatan ma’muriy huquqbuzarlikka doir ish qo‘zg‘atildi hamda Aydar-Arnasoy ko‘llar tizimida noqonuniy ov qilgan huquqbuzarlardan 135,4 mln. so‘m jarima undirilib, 25,7 mln. so‘mlik da’vo arizasi kiritildi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring