Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ayiq eshigi qulflangan mashinaning oynasini sindirib ichkariga kirdi va...

Ayiq eshigi qulflangan mashinaning oynasini sindirib ichkariga kirdi va...

foto: 120.su

Ayiqlar makon qilgan hududlarda yashaydigan odamlar transport vositalari qulflangan bo‘lishi kerakligini yodda tutishlari lozim. Va ular shunday yo‘l tutishadi ham.

Ammo ma’lum bo‘lishicha, hatto qulflangan mashina ham xavfsizlik kafolati emas. Xorijda videokameraga tushib qolgan ona ayiq qulflangan mashina oynasini sindirib tashladi. Shundan so‘ng u ichkariga kirdi va mazali yegulik izladi.

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan ushbu videoni ko‘rganlar  onasiga hamroh bo‘lgan mitti ayiq bolalarini yoqimli so‘zlari bilan «erkalashdi». Ammo shikastlangan mashinaning egasini bu voqea va mitti, yoqimli ayiqchalar xursand qilmagani aniq.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring