Ayolni tepgan PPX xodimi ishdan bo‘shatildi
Kecha, 18 sentyabr kuni Farg‘ona shahrida bolali ayolni tepib mashinaga o‘tqazgan PPX xodimi haqida xabar bergan edik.
Farg‘ona viloyati IIB Axborot xizmatining ma’lum qilishicha, ayolga nisbatan qo‘pol munosabatda bo‘lgan PPX xodimi ishdan bo‘shatildi.
Qayd etilishicha, joriy yilning 18 sentyabr kuni Post-patrul xizmati xodimlari Farg‘ona shahar I.Karimov hamda Quvasoy ko‘chalari chorrahasida xizmat olib borayotgan vaqtda, videotasvirdagi ayol tilanchilik bilan shug‘ullanayotganligi uchun u bilan profilaktik suhbat o‘tkazish maqsadida ayoldan yo‘lning qatnov qismidan chetga chiqishi so‘ralgan. Bundan ayolning jahli chiqib, xodimlarga faol qarshilik ko‘rsatgan. Ayolni IIB ga olib ketmoqchi bo‘lishganda qo‘lidagi yosh bolasini yerga tashlab yubormoqchi bo‘lgan payt xodimlar tomonidan ushlab qolingan.
Ammo xodimning keyingi xatti-harakatlari jamoatchilikning haqli e’tiroziga sabab bo‘ldi.
Mazkur holat yuzasidan shu kunning o‘zida xizmat tekshiruvi o‘tkazilib, kasb odobi va etikasiga amal qilmay, noo‘rin harakatlar sodir qilgan PPX xodimi egallab turgan lavozimidan bo‘shatildi.
«Shuningdek, viloyat IIB barcha shaxsiy tarkibi yuqoridagi kabi harakatlarni sodir etmasliklari yuzasidan qat’iy ogohlantirildi», – deyiladi xabarda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter