Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ayrim abituriyentlar uchun test to‘lovi bekor bo‘ladi

Ayrim abituriyentlar uchun test to‘lovi bekor bo‘ladi

Yig‘ilishda davlat xizmatlari ko‘rsatishni soddalashtirish va ko‘lamini kengaytirish, davlat xizmatlari tizimini raqamlashtirish orqali mahalla va tumanda qanday o‘zgarishlar bo‘lishi ko‘rib chiqilgan.

Aholiga davlat xizmatlaridan foydalanishda qulaylik yaratish maqsadida 1 iyuldan boshlab:

  • 38 turdagi davlat xizmatlari uchun elektron imzo bilan tasdiqlash talabi bekor qilinib, mobil telefon orqali amalga oshiriladi (bino va inshootning tashqi ko‘rinishini o‘zgartirishni kelishish, bog‘chaga qabul qilish va hokazo);
  • 6 turdagi litsenziya olish uchun talablar bekor qilinadi;
  • aholi va tadbirkorlar uchun 8 dan ortiq davlat xizmati bo‘yicha elektron xabardor qilish tizimi joriy etiladi;
  • aholi va tadbirkorlardan kommunal tashkilotlarning 32 turdagi hujjat va ma’lumotnomalarini talab qilish bekor qilinadi;
  • ehtiyojmand oilalar farzandlari oliygohlarga kirishda test sinovlarida ishtirok etish to‘lovlaridan ozod etiladi (135 ming so‘m).

Prezident kelgusi yil yakuniga qadar markazlar orqali ko‘rsatiladigan davlat xizmatlari sonini hozirgi 172 tadan 300 taga, mobil ilova orqali ko‘rsatiladiganlarini 60 tadan 250 taga yetkazish vazifasini qo‘ygan.

Shu bilan birga, davlat xizmatlari markazlarini qurish ishlariga shaxsan viloyat hokimlari mas’ul etib belgilangan bo‘lsa-da, hozirga qadar 43 ta markaz binosi foydalanishga topshirilmagani, oqibatda aholi sarson bo‘layotgani tanqid qilingan.

Masalan, Davlatobod, Yangiyer, Guliston, Bo‘ka, Mirobod, Sergeli va Mirzo Ulug‘bek tumanlari, Guliston va Olmaliq shaharlarida qurilish ishlari umuman boshlanmagan, Nukus shahri, Boyovut, Quyichirchiq va Pskent tumanlarida esa qurilish ishlari to‘xtab qolgan.

Viloyat hokimlariga 1 sentyabrga qadar davlat xizmatlari markazlari bilan bog‘liq barcha qurilishlarni yakunlash topshirilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring