Ayrim mahallalarga «qo‘riqlash xizmati inspektori» lavozimi kiritiladi
Prezidentning PQ–360-son qaror bilan Milliy gvardiyadan IIV tizimiga qaytarilgan Qo‘riqlash departamentiga qo‘riqlanadigan ob’yektlarga o‘rnatilgan qo‘riqlashning texnik vositalari va tizimlariga xizmat ko‘rsatish huquqi beriladi.
Mahallalarda qo‘riqlash bo‘linmalariga yuklatilgan vazifalarni samarali tashkil etish maqsadida kriminogen vaziyat og‘ir hududlardagi mahalla huquq-tartibot maskanlari tuzilmasiga qo‘riqlash xizmati inspektori lavozimi kiritiladi.
Kriminogen vaziyati og‘ir hududlarda, turistik infratuzilma ob’yektlarida hamda ommaviy dam olish joylarida Departamentning qo‘riqlash-patrul xizmati naryadlari tashkil etiladi.
Quyidagilarni nazarda tutuvchi «Xavfsiz ta’lim» konsepsiyasi joriy etiladi:
- davlat ta’lim muassasalari, nodavlat ta’lim tashkilotlari va xorijiy davlatlar ta’lim tashkilotlari filiallarining xavfsizligini shartnoma asosida jismoniy va texnik qo‘riqlash tizimlari orqali ta’minlash;
- Departament tomonidan shartnoma asosida ta’lim muassasalariga qo‘riqlash signalizatsiyalari, tashvish tugmalari, videokuzatuv moslamalarini o‘rnatish va ularga texnik xizmatlar ko‘rsatish.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter