Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ayrim o‘qituvchilar va shifokorlar oyligi oshiriladi

Ayrim o‘qituvchilar va shifokorlar oyligi oshiriladi

Foto: Xabar.uz

O‘zbekistonda 2022-yilda ayrim toifadagi o‘qituvchi va shifokorlarning maoshi kamida 15 foizga oshirilishi kutilmoqda.

Bu haqda jamoatchilik muhokamasiga qo‘yilgan «Yangi O‘zbekistonning 2022–2026 yillarga mo‘ljallangan taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida»gi Prezident farmonida ma’lum qilgan. 

Qayd etilishicha, 2022yilda iqtidorli o‘qituvchi va shifokorlarning ish haqini malaka toifasiga qarab tabaqalashtirgan holda quyidagi miqdorlarda qo‘shimcha oshirish rejalashtirilgan:

- oliy toifali o‘qituvchilar uchun – kamida 15 foizga;

- birinchi toifali o‘qituvchilar hamda oliy va birinchi toifadagi shifokorlar uchun – kamida 10 foizga;

- ikkinchi toifali o‘qituvchi va shifokorlar uchun – kamida 5 foizga.

Shuningdek, farmon muhokamasida Xalq ta’limi vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi va Moliya vazirligi bilan birgalikda 1 iyulga qadar xalqaro ekspertlarni jalb qilgan holda o‘qituvchi va shifokorlarga malaka toifalarini berish tartibining tubdan qayta ko‘rib chiqilishini ta’minlash hamda malakani baholash uslubiyoti asosida adolatli va shaffof tizimini joriy etish bo‘yicha qaror loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish vazifasi belgilangan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring