Ayrim sinflar uchun imtihonlar o‘tkazilmaydi — vazirlik
2021/2022 o‘quv yili yakunida 5-6-7-8 hamda 10-sinflarning bosqichli imtihonlari o‘tkazilmaydi.
Bu haqda AOKAda o‘tkazilgan brifingda Xalq ta’limi vazirligi axborot xizmati rahbari Laylo Rustamova ma’lum qildi.
Umumta’lim muassasalarida o‘quv mashg‘ulotlari 2022 yil 25 may kuni tugaydi va 9- va 11-sinf o‘quvchilarini yakuniy nazorat imtihonlari 26 maydan 15 iyunga qadar o‘tkaziladi.
Bayram munosabati bilan qo‘shimcha dam olish kunlarini inobatga olgan holda umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining 9-sinf o‘quvchilari uchun «Jismoniy tarbiya» fanidan yakuniy nazorat imtihonlari joriy yilning 2-7 may sanalaridan 11-14 may kunlariga ko‘chiriladi.
Joriy o‘quv yili yakunida 5-6-7-8 hamda 10-sinflarning bosqichli imtihonlari o‘tkazilmaydi. Ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim muassasalari va maktab-internatlarida esa bosqichli imtihonlar ularning ichki nizomlariga muvofiq ixtisoslashuv fanlari doirasida amalga oshiriladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter