Aziz Rametov va Ahad Qayum o‘rtasidagi «dahanaki jang» uzr so‘rash bilan tugadi (video)

Ijtimoiy tarmoqlarda aktyorlar Aziz Rametov va Ahad Qayumlar o‘rtasidagi «videomurojaatlar bahsi» omma e’tiborini tortgandi.
IIV matbuot xizmati tomonidan tayyorlangan videorolikka ko‘ra, har ikkala aktyor mazkur xatti-harakatlari uchun profilaktik suhbatga chaqirilgan.
Suhbat yakunida Aziz Rametov va Ahad Qayum ushbu harakatlari uchun uzr so‘rab, boshqa bunday holat takrorlanmasligiga va’da berishgan.
«Shu o‘rinda ta’kidlash joizki, san’atkorlar yana bir bor internet orqali bir-birlarini haqoratlab, janjalga sabab bo‘lishsa, ma’muriy va jinoiy javobgarlikka tortilishi haqida ogohlantirildilar», deyiladi IIV xabarida.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter