BAA aviakompaniyasi O‘zbekistonga parvoz qilish huquqini qo‘lga kiritdi

«O‘zaviatsiya» agentligi tomonidan «AIR ARABIA Abu-Dabi LLC» kompaniyasiga Abu-Dabi – Toshkent – Abu-Dabi yo‘nalishlarida muntazam parvozlarni amalga oshirish uchun 2020-yil 9-sentyabrda 3-K sonli Foydalanish ruxsatnomasi berildi.
Bu haqda Transport vazirligi Axborot xizmati xabar bermoqda.
Aviakompaniya mazkur yo‘nalishda O‘zbekistonga parvozlarni Airbus-320-214 havo kemalarida amalga oshiradi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter