Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

BAA qonunlarni yozishda sun’iy intellektdan foydalanmoqchi

BAA qonunlarni yozishda sun’iy intellektdan foydalanmoqchi

Birlashgan Arab Amirliklari yangi qonun loyihasini ishlab chiqish, amaldagi qonun loyihalarini qayta ko‘rish va o‘zgartirish kiritish uchun sun’iy intellektdan foydalanmoqchi, deb xabar bermoqda.

Buyuk Britaniyaning "Financial Times" gazetasi ma’lumotiga ko‘ra, mahalliy OAV ushbu dasturni "sun’iy intellektga asoslangan tartibga solish" deb nomlagan bo‘lib, hukumat qonunlarning mamlakat aholisi va iqtisodiyotiga qanday ta’sir qilishini kuzatish uchun sun’iy intellektdan foydalanmoqchi. Shuningdek, mahalliy qonunlar, sud qarorlari va davlat xizmatlari kabi davlat sektorlarining yirik ma’lumotlar bazasini yaratish ham rejalashtirilgan.

Manbada Abu-Dabi sun’iy intellektga katta sarmoya kiritgani va o‘tgan yili 30 milliardlik BlackPock sun’iy intellekt infratuzilma fondini qo‘llab-quvvatlovchi maxsus "MGX" nomli kompaniya tashkil etilgani ma’lum qilingan.

"Financial Times" qabul qilingan qaror tadqiqotchilar tomonidan xavotir bilan qabul qilinganini va kelgusida ko‘plab muammolar va tuzoqlarga olib kelishi mumkinligi haqidagi fikrlar yangrayotganini ta’kidlagan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring