Sharjada yong‘in kelib chiqqan osmono‘par bino xarobaga aylandi

Kecha, 5 may kuni kechqurun Birlashgan Arab Amirliklarining Sharja shahrida 48 qavatli Abbco Tower nomli binoda yong‘in chiqqani xabar qilingan edi. Mahalliy OAVga ko‘ra, binodan odamlarni evakuatsiya qilishga ulgurib qolingan.
Yong‘inga qarshi nafaqat o‘t o‘chirish mashinalaridan, balki dronlardan ham foydalanilgan. Har ehtimolga qarshi atrofdagi bir nechta binodan odamlar evakuatsiya qilingan.
Dastlabki taxminlarga ko‘ra, yong‘in binoda joylashgan restoranlardan birida kelib chiqqan. Afsuski, kuchli olov binoni xarobaga aylantirgani aytilmoqda.
Balandligi 190 metr bo‘lgan Abbco Tower 2006 yilda foydalanishga topshirilgan bo‘lib, shahardagi o‘nta osmono‘par binolardan biri edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter