Bag‘dodda Iroq go‘zali otib ketildi

Iroq poytaxti Bag‘dod shahrida «Iroq go‘zali – 2015» sohibasi Tara Fares otib ketildi, deya xabar beradi «RIA Novosti» axborot agentligi.
«Al-Arabiya» telekanali ma’lumotlariga ko‘ra, 30 yoshli qizni shaxsiy mashinasida o‘ldirib ketishgan. Ikki o‘q boshiga, biri ko‘ksiga sanchilgan.
Tara Fares Iroq Kurdistonining Erbil shahrida yashar edi. U model sifatida mashhur bo‘lib ketgan. Bir muddat Yevropada yashab keyin yana Iroqqa qaytgan edi. Uning ijtimoiy tarmoqlardagi chiqishlari turli bahs va munozaralarga sabab bo‘lib kelgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter