Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bahodir Ayupov: «Diplom kerak, ammo…»

Bahodir Ayupov: «Diplom kerak, ammo…»

Foto: «Xabar.uz»

Bugun, 27-may kuni Toshkentdagi Inha universitetida «Job Fest 2021» bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasi tashkil etildi. Yarmarkada qator kompaniyalar, TATU va INHA universiteti bitiruvchilari, shuningdek, IT sohasiga aloqador ko‘plab yoshlar qatnashdilar.

«Ko‘pchilik talabalar faqatgina diplom uchun o‘qimoqda. Aslida qanday bo‘lish kerak? Diplom kerak, albatta, ammo siz mana shu diplomni olgandan so‘ng nima ish qilib bera olasiz, mana shuni hal qilishingiz va o‘sha ishni o‘rganishga kirishishingiz kerak.

Diplom sizga o‘z ish faoliyatingizni boshlashingiz uchun bir vosita bo‘lib xizmat qiladi xolos», — deya ta’kidladi IT Park direktorining xalqaro faoliyatlar bo‘yicha o‘rinbosari Bahodir Ayupov.

Yarmarkada ko‘plab yoshlar o‘zlari istagan ishni topa olishdi. Ish beruvchi kompaniyalarning ta’kidlashicha, bunday yarmarkalarning o‘tkazilishi soha ravnaqiga xizmat qiladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring