Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bahodir Jalolov BAAda asli rossiyalik bokschiga qarshi jang o‘tkazadi

Bahodir Jalolov BAAda asli rossiyalik bokschiga qarshi jang o‘tkazadi

Bokschi Bahodir Jalolov navbatdagi jangini 11-dekabr kuni BAAda o‘tkazadi.

Jang Abu-Dabi shahrida «Global boks forumi» doirasida tashkil etiladi. O‘sha kuni Bahodirga Bahrayn sharafini himoya qiluvchi, kelib chiqishi rossiyalik bo‘lgan Danis Latipov raqiblik qiladi.

Bokschilar 2020-yilning mart oyida Ammanda o‘tkazilgan litsenzion turnirda o‘zaro to‘qnash kelishgan va o‘shanda Bahodir ochkolar evaziga g‘olib chiqqandi.

Ushbu jang yangi tashkil etilgan IBA Pro boks seriyasi doirasida o‘tkaziladi. Boks seriyasida JCh va Olimpiya o‘yinlari sovrindorlari ham ringga ko‘tarilishi kutilmoqda. Mazkur jang formati 5 raundlik hisoblanadi.

Avvalroq Bahodir Jalolov amerikalik Kyortis Xarperni nokaut qilgandi. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring