Bahodir Jalolov mezbon bokschini birinchi raunddayoq qulatdi

Boks bo‘yicha Tokio-2020 Olimpiadasi chempioni Bahodir Jalolov Osiyo o‘yinlarining finaliga yo‘l oldi.
Eng og‘ir vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilayotgan Jalolov yarim finalda xitoylik Baikevuzi Danabiyekeni 1-raunddayoq nokaut bilan mag‘lubiyatga uchratishga erishdi va 5-oktyabr kuni oltin medal uchun jang qiladigan bo‘ldi.
Avvalroq yengil atletika bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari Safina Sadullayeva hamda Svetlana Radzivil balandlikka sakrash dasturida medallarni qo‘lga kiritgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter