Bahodir Jalolov reytingda yuqoriladi

WBC sentyabr oyi uchun yangilangan reytingni e’lon qildi. Reytingdan 9 nafar bokschimiz joy oldi.
Superog‘ir vazn: Bahodir Jalolov o‘tgan oydagidan bir pog‘ona ko‘tarilib, 15-o‘rinni band etib turibdi;
Supero‘rta vazn toifasi (76,2 kg): Bektemir Meliqo‘ziyev 18-o‘rin;
Superyarim o‘rta vazn (69,8 kg): Isroil Madrimov 7-o‘rin;
Yarimo‘rta vazn (66,6 kg): Shahram G‘iyosov 18-o‘rinda; Jahongir Rasulov o‘tgan oydagidan bir pog‘ona pastlab, 30-o‘ringa joylashdi;
Superengil vazn (63,5 kg): Shohjahon Ergashev 13-o‘rin; Botir Ahmedov 30-o‘rin;
Yarimengil vazn (57,1 kg): Otabek Xolmatov o‘tgan oydagidan 1 pog‘ona pastlab, 7-o‘rinni egalladi;
Birinchi yarimengil vazn (55,3 kg): Murodjon Ahmadaliyev 5-o‘rin.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter