Bangladeshda harbiy samolyot halokati — qurbonlar ko‘paymoqda

Bangladesh harbiy-havo kuchlarining F-7 BGI o‘quv samolyoti mamlakat poytaxti Dakkadagi kollejga qulashi oqibatidagi qurbonlar soni oshmoqda, deb xabar berdi Daily Star gazetasi.
So‘nggi ma’lumotga ko‘ra, qurbonlar — kamida 20 nafar, 150 ga yaqin kishi jarohatlangan.
«Samolyot Maylstoun kolleji kampusiga qulashi oqibatida kamida 19 kishi va uchuvchi halok bo‘lgan», — deyiladi xabarda.
Jarohatlanganlar soni aniq emas, chunki bu raqam tobora kattalashmoqda.
Shunisi ma’lumki, vafot etganlar va jarohat olganlarning ko‘pchiligi kollej o‘quvchilari. Aksariyat jarohatlanishlar kuyish bilan bog‘liq. Qutqarish ishlariga harbiylar, o‘t o‘chiruvchilar va fuqaro mudofaasi kuchlari tashlangan. Baxtsiz hodisa sabablari o‘rganilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter