Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Bank talks» va «startap-tashabbuslar»: aprel oyida yirik ko‘rgazma bo‘lib o‘tadi

«Bank talks» va «startap-tashabbuslar»: aprel oyida yirik ko‘rgazma bo‘lib o‘tadi

Joriy yilning 11-13-aprel kunlari poytaxtimizdagi «O‘zekspomarkaz» milliy ko‘rgazmalar majmuasida «BankExpo-2019» moliya-bank xizmatlari, uskunalari va texnologiyalarining Milliy ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi.

Ko‘rgazmada respublikamizda faoliyat yuritayotgan yetakchi tijorat va davlat banklari, sug‘urta, lizing, investitsiya va IT-kompaniyalar ishtirok etadi.

«BankExpo» — bu bank sektori, uning to‘g‘ridan-to‘g‘ri foydalanuvchilari, moliyaviy institutlar va davlat o‘rtasidagi muloqot platformasidir.

«BankExpo-2019» ko‘rgazmasi OAV vakillari uchun rasmiy matbuot anjumanidan boshlanadi. Shuningdek, ko‘rgazma tashkilotchilari, iqtisodiyot va moliya sohalari mutaxassislar hamda davlat muassasalarining boshqa vakillari ishtirokidagi panelli muhokamalar ham bo‘lib o‘tishi kutilmokda.

«BankExpo-2019» ko‘rgazmasi bank-moliya sohasi va ishbilarmonlik sektori vakillarining samarali hamkorlik qilishlarii uchun xizmat qiladi. Ko‘rgazma doirasida soha tadbirlari mahalliy va xorijiy hamkasblar orasida tajriba almashish imkonini yaratib beradi va qator samarali yechimlarni ishlab chiqishga yordam beradi. Ushbu yechimlar, o‘z navbatida, xarajatlarni qisqartirish va biznes samaradorligini oshirish, chet el investitsiyalarini jalb etish uchun sharoitlar yaratish, shuningdek O‘zbekiston iqtisodiyotining ijtimoiy rivojlanishiga yordam berishga qodir. Xorijiy kompaniyalar ishtiroki orqali mahalliy ishbilarmonlar hamjamiyati bank-moliya sektorida keyslarning ilg‘or tajribasi va amaliy yechimlari, xizmatlarni avtomatlashtirish vositalari va zamonaviy bank uskunalari bilan tanishadilar» — deydi O‘zbekiston Banklari assotsiatsiyasi raisi Baxtiyor Sultonovich Hamidov.

Tadbirlar doirasiga ko‘rgazma eksponentlaridan tashqari bank-moliya sektori mutaxassislari o‘rtasida tajriba almashish maydonchasi bo‘lmish «Bank Talks» muhokamalari, shuningdek investitsiyalarni jalb etish yoki biznes hamkorlikni rivojlantirish uchun xususiy loyihalar taqdimotini o‘z ichiga olgan «Startap-tashabbuslar» ham kiradi.

«BankExpo-2019» milliy ko‘rgazmasi to‘g‘risidagi batafsil ma’lumotni www.uzbankexpo.uz saytidan olishingiz mumkin.

Hamkorlik va ko‘rgazmada ishtirok etish masalalari yuzasidan quyidagi telefon raqamlari orqali murojaat etish mumkin: +99890 983 63 42, email: info@upc.uz, event@upc.uz.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring