Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bayden debatda nega qaqshatqich mag‘buliyatga uchraganini aytdi

Bayden debatda nega qaqshatqich mag‘buliyatga uchraganini aytdi

AQSh prezidenti Jo Bayden o‘zining debatdagi mag‘lubiyatini parvozlardagi charchoq bilan bog‘ladi. Demokratik partiyada uning ahvolidan xavotir kuchaymoqda

«Men xodimlarimga quloq solmadim, Yer kurrasini bir necha marta aylanib chiqdim, keyin sahnada deyarli uxlab qoldim», dedi u seshanba kuni kechqurun Virjiniyadagi shaxsiy mablag‘ yig‘ish marosimida o‘zining sayohatlariga ishora qilib.

«Bu uzr emas, balki tushuntirish», - deya qo‘shimcha qildi u.

Bayden oxirgi marta safaridan 15-iyun kuni, o‘tgan payshanba, 27-iyun kuni munozaradan deyarli ikki hafta oldin qaytgandi.

Shuningdek, u o‘z nutqi uchun uzr so‘radi va noyabr oyida bo‘lib o‘tadigan saylovda g‘alaba qozonishi uning uchun juda muhim ekanini aytdi, deb xabar berdi ABC News.

Ayni paytda, Demokratik partiya va uning liberal ommaviy axborot vositalari tarafdorlari ichida 81 yoshli prezidentning salomatligi va kognitiv qobiliyatlari haqida xavotir kuchaymoqda.

Texas shtati vakili bo‘lgan demokrat kongressmen Lloyd Doggett munozaradagi halokatli chiqishidan so‘ng Baydenni saylovdan o‘z nomzodini bekor qilishga chaqirgan. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring