Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Barcha hududlarda koronavirus aniqlandi. Bir nafar bemor vafot etdi 

Barcha hududlarda koronavirus aniqlandi. Bir nafar bemor vafot etdi 

2021-yil 28-may holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 99844 (+264) nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda SSV xabar berdi.

Yangi kasallanish holatlarining:

  • 9 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida,
  • 6 nafari Andijon viloyatida,
  • 2 nafari Buxoro viloyatida,
  • 8 nafari Jizzax viloyatida,
  • 9 nafari Qashqadaryo viloyatida,
  • 2 nafari Navoiy viloyatida,
  • 4 nafari Namangan viloyatida,
  • 49 nafari Samarqand viloyatida,
  • 4 nafari Sirdaryo viloyatida,
  • 5 nafari Surxondaryo viloyatida,
  • 14 nafari Farg‘ona viloyatida,
  • 4 nafari Xorazm viloyatida,
  • 43 nafari Toshkent viloyatida,
  • 105 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Kasallikdan sog‘ayganlar jami 95529 (+279) nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 96 foizni tashkil etmoqda.

Shuningdek, 1 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 688 nafarni tashkil qildi.

Ayni paytda tibbiyot muassasalarida 3627 nafar bemor davolanmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring