Barcha narx toifalarida eng yaxshi android-smartfonlar aniqlandi

AnTuTu benchmarki barcha toifalarda narx-unumdorlik bo‘yicha eng yaxshi android-smartfonlarning sentyabr oyidagi reytingini e’lon qildi.
999 yuangacha (140 dollar, qiymatlar yaxlitlangan — tahr.). Redmi Note 14 5G, Redmi Note 15 va Redmi 14C kuchli uchlikka kirdi.
1999 yuan (280 dollar)gacha. Bu toifaning eng yaxshisi deya Redmi Turbo 4 e’tirof etildi, keyingi o‘rinlarda Redmi Turbo 4 Pro va Honor GT o‘yinlar uchun mo‘ljallangan smartfoni.
2999 yuan (420 dollar)gacha. Redmi K80 Extreme Edition subflagmani — birinchi o‘rinda, Redmi K80 Pro va Redmi K80 uchlikka kirdi.
3999 yuan (562 dollar)gacha. Kuchli uchlik — Honor GT Pro, Nubia Z70 Ultra va Honor Magic.
4000 yuan (562 dollar)dan yuqori. Eng yangi geymerlik smartfoni Xiaomi 17 hamda RedMagic 10 Pro va RedMagic 10S Pro o‘yin smartfoni ushbu toifada eng yaxshilar deb topildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter