Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Baribir Yashinga yetadigani yo‘q!

Baribir Yashinga yetadigani yo‘q!

Foto: «RIA Novosti»

«France Football» jurnali talqiniga ko‘ra, Lev Yashin futbol tarixidagi eng yaxshi darvozabon deb topildi.

Lev Yashin faoliyati Moskvaning «Dinamo» klubida o‘tgan (1950—1971-yillar). Sobiq ittifoqning besh karra chempioni, uch marta kubok egasi. Terma jamoa safida Olimpiada (1956), Yevropa chempionati (1960) g‘olibiga aylangan. Darvozabonlar orasida «Oltin to‘p»ni qo‘lga kiritgan yakkayu yagona ham Yashindir.

Futbol tarixidagi eng yaxshi darvozabonlarning kuchli o‘nligidan quyidagi afsonalar joy olgan: Gordon Benks (Angliya), Dino Zoff (Italiya), Janluiji Buffon (Italiya), Manuel Noyer (Germaniya), Peter Shmeyxel (Daniya), Zepp Mayer (GFR), Iker Kasilyas (Ispaniya), Edvin van der Sar (Gollandiya) va Piter Shilton (Angliya).

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring