Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Barsageyt»: Bartomeu qo‘lga olindi, ofislar tintilmoqda

«Barsageyt»: Bartomeu qo‘lga olindi, ofislar tintilmoqda

Foto: «Football.ua»

Ispaniyaning «Barselona» futbol klubi sobiq prezidenti Jozep Mariya Bartomeu katalon politsiyasi amaliyoti doirasida hibsga olindi. Bu haqda «Euronews» xabar berdi.

Klub ofislarida tintuv o‘tkazilmoqda. Bartomeu bilan birga ijrochi direktor, yuridik bo‘lim boshlig‘i va jamoa prezidentining maslahatchisi qo‘lga olingan.

OAV ma’lumotlariga ko‘ra, bu ishlar klubning korrupsiya va pullarni «yuvish»da gumon qilinayotgan rahbariyati a’zolari faoliyatini o‘rganish bilan bog‘liq.

«Barsageyt» mojarosi o‘tgan yil boshlarida alangalangandi: katalon radiosi «Cadena» ochiqlagan ma’lumotlarga ko‘ra, klub rahbariyati bir piar-kompaniyaga ijtimoiy tarmoqlarda Bartomeuning ijobiy qiyofasini shakllantirishi va aksincha, raqiblarini tanqid qilishi uchun million yevro o‘tkazib bergan. Ushbu xizmat haqi bozor narxidan olti baravar oshirib yuborilgan.

2020-yil oktyabr oyi oxirida Bartomeu, direktorlar kengashining barcha a’zolari va yetakchi menejerlar iste’foga chiqib ketishgandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring