«Barselona» hujumchisi «Yuventus»ga o‘tmoqda

«Barselona» klubi hujumchisi Pablo Moreno uchun kurashda «Yuventus» raqiblaridan ustun kelgan. «Tuttosport» nashri xabar berishicha, 16 yoshli hujumchi Italiya chempioni safiga borib qo‘shiladi.
Transfer summasi 3 million yevroni tashkil etgan. Yosh iqtidor egasini «Manchester Siti» va «Arsenal» klublari ham o‘z safiga qo‘shib olishga uringan, kataloniyaliklarning o‘zlari esa futbolchi bilan professional shartnoma imzolashga ulgurmagan.
Pablo Moreno dunyoning eng iqtidorli hujumchilaridan biri sanaladi. U «Barselona» yoshlar jamoasida 200dan ortiq gol urgan. Mavsumlarning birida 30 o‘yinda 70ta gol kiritishga erishgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter