«Barselona» «Osasuna»ni yengib, La Liga peshqadamiga aylandi

La Liga (Ispaniya chempionati)ning qoldirilgan 27-tur uchrashuvida «Barselona» o‘z maydonida «Osasuna» ustidan ishonchli g‘alabaga erishdi.
«Barselona» ushbu g‘alabadan so‘ng 63 ochko to‘plab, turnir jadvalidagi asosiy raqobatchisi «Real»dan 3 ochko ilgarilab ketdi. «Osasuna» esa 14-pog‘onada qoldi (33 ochko).
La Liga. 27-tur
Barselona — Osasuna 3:0
28-mart, «Olimpik Lyuis Kompanis»
Gollar: Ferran Torres (11), Olmo (21-pen), Levandovski (77)
Barselona: Shesni, Balde (Martin, 83), Martines, Garsiya, Kunde, Pedri (Viktor, 84), De Yong (Torre, 46), Olmo (Lopes, 28), Gavi, Ferran Torres (Levandovski, 68), Yamal.
Osasuna: Errera, Krus, Errando, Katena, Areso (Penya, 84), Arnais (Boyomo, 46), Munos (Ruben Garsiya, 34), Ibanes, Monkayola, Oros (Gomes, 61), Raul Garsiya (Budimir, 60).
Ogohlantirish: Errera (18), Katena (38), Garsiya (40), Krus (50).
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter