Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Barselona» ustozi 2 ta o‘yinga chetlatildi

«Barselona» ustozi 2 ta o‘yinga chetlatildi

"Barselona" jamoasi bosh murabbiyi Ronald Kuman 2 ta o‘yinga chetlatildi. Bu haqda Ispaniyaning Marca nashri xabar bermoqda.

La-liga 6-turida "Kadis"ga qarshi o‘yinning so‘nggi daqiqalarida bosh hakamning qarorlaridan norozi bo‘lgani uchun qizil kartochka olgandi. O‘yin hakami De Yongni ham maydondan chetlatgan edi.

Ispaniya qirollik futbol federatsiyasi chiqargan qarorga ko‘ra, Kuman primeraning 2 ta o‘yinidan diskvalifikatsiya qilingan. Shu tariqa "Barselona" chempionatdagi "Levante" va "Atletiko"ga qarshi o‘yinlarda bosh murabbiysiz o‘ynaydi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring