Bashar Asadning amakivachchasi qo‘lga tushdi

Suriyada sobiq prezident Bashar Asadning amakivachchasi Vasim qo‘lga olindi, bu haqda mamlakat IIV matbuot xizmati xabar berdi.
«Vasim Asad razvedka bosh boshqarmasi va IIV hamkorligida o‘tkazilgan puxta rejalangan amaliyot chog‘i Livan chegarasi yaqinida qo‘lga tushdi. U giyohvand moddalar savdosi va boshqa jinoyatlarga aloqadorlikda gumon qilinyapti», — deyiladi bayonotda.
Turkiya prezidenti Erdo‘g‘onning ta’kidlashicha, Suriya Bashar Asadning 13 yillik hukmronlik davrida 500 mlrd dollar zarar ko‘rgan.
Bashar Asad isyonchilar Damashqni egallaganidan so‘ng 2024-yil dekabrida Moskvaga qochib ketgandi. U va oilasi hozir ham Rossiya poytaxtida yashayapti.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter