Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Baxti chopmagan» bankomat o‘g‘rilari qo‘lga tushdi

«Baxti chopmagan» bankomat o‘g‘rilari qo‘lga tushdi

Foto: Samarqand viloyati IIB,

31-mart kuni tungi soat 3lar atrofida 3 nafar noma’lum shaxs yuzlarini tibbiy niqob bilan berkitgan holda davlat raqam belgisi bo‘lmagan qora rangli «Chevrolet Tracker» rusumli avtomashinada Samarqand shahrida joylashgan «Turonbank» Samarqand viloyat filialiga tegishli bo‘lgan bankomatni o‘marmoqchi bo‘lgan.

Uchchovlon fuqarolarga plastik kartalaridagi pullarini naqd qilib berish uchun xizmat ko‘rsatuvchi ushbu bankomat shoxobchasiga kelib, bankomatni elektr quvvatidan uzgan va buzish yo‘li bilan bankomat ichida bo‘lgan 323.290.000 so‘m naqd pullarni yashirin ravishda talon-toroj qilmoqchi bo‘lgan, deyiladi Samarqand viloyati IIB xabarida.

Ularning «baxtiga» qarshi shu vaqtda bankomatning tarmoqdan uzilganligi haqidagi signali ishga tushib ketgan. Natijada Samarqand shahar Qo‘riqlash bo‘limiga berilgan ogohlantiruvchi chaqiruv asosida xodimlar voqea joyiga yetib kelgan. Xizmat avtomashinasining ogohlantiruvchi tovushlarini eshitgan bu kimsalar o‘g‘irlik jinoyatini ohiriga yetkaza olmasdan, hodisa joyidan yashiringan.

Samarqand shahri bo‘yicha IIO FMB xodimlarining tezkor qidiruv-surishtiruv ishlari natijasida ularning uchchovi ham qo‘lga olindi.

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring