Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Baxti Tashkentskiy»ning akasi qidiruvga berildi

«Baxti Tashkentskiy»ning akasi qidiruvga berildi

Toshkent shahar IIBB huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 165-moddasi (Tovlamachilik) bilan tergov qilinayotgan jinoyat ishi doirasida tergovdan qochib yashiringan quyidagi shaxs qidirilmoqda:

1)  1964 yilda tug‘ilgan Isamitdinov Xusan Xashimovich;

2)  1966 yilda tug‘ilgan Qudratullayev Shuxrat Zaparovich;

3)  1988 yilda tug‘ilgan Vapayev Feruz Muxammatsalayevich.

«Hurmatli fuqarolar! Agar Siz ushbu shaxslarning qayerda ekanligi haqida biror ma’lumotga ega bo‘lsangiz Toshkent shahar IIBBning 71-206-45-69, 71-206-49-46 yoki 102 raqamlariga yohud 99-370-73-94 telegram raqamiga murojaat qilishingizni so‘raymiz. Murojaatchining shaxsi sir saqlanishi kafolatlanadi.

Unutmang! Jinoyat sodir etgan shaxslarni yashirish javobgarlikka tortishga asos bo‘ladi», deyiladi IIBB xabarida.

Eslatib o‘tamiz, «Baxti Tashkentskiy» laqabi bilan mashhur Baxtiyor Qudratullayev dekabr oyida qo‘lga olingandi. Keyinroq uning o‘g‘li ham ushlangandi.  

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring