Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Baxtiyor Saidov va Sergey Lavrov o‘rtasida uchrashuv o‘tkazildi

Baxtiyor Saidov va Sergey Lavrov o‘rtasida uchrashuv o‘tkazildi

Foto: Tashqi ishlar vazirligi

Samarqand shahrida O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov va Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov o‘rtasida uchrashuv o‘tkazildi.

«Bugun Samarqand shahrida Rossiya Federatsiyasi tashqi ishlar vaziri, hamkasbim Sergey Lavrov janoblari bilan samarali uchrashuv o‘tkazib, ko‘p qirrali hamkorligimizning keng doirasidagi masalalarni muhokama qildik. Uchrashuvda Oliy darajada erishilgan kelishuvlarning amaliy ijrosiga alohida e’tibor qaratildi», — deb yozdi Saidov o‘z telegram-kanalida.

Ta’kidlanishicha, ikki davlat rahbarlari tomonidan ittifoqchilik munosabatlari va strategik sheriklikni mustahkamlash, siyosiy muloqotni rivojlantirish, savdo-iqtisodiy aloqalarni kengaytirish, madaniy va gumanitar bog‘liqliklarni chuqurlashtirish hamda ko‘p tomonlama tuzilmalar doirasida yaqin hamkorlikni davom ettirish bo‘yicha berilgan topshiriqlarni amalga oshirishda tashqi siyosat idoralari o‘rtasida yaqin hamkorlikni davom ettirishga kelishildi.

Bundan tashqari, uchrashuvda ta’lim, innovatsiyalar, infratuzilma, mintaqaviy xavfsizlik va boshqa sohalarda hamkorlikni kengaytirishga alohida urg‘u berilgan. O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi o‘zaro investitsiyalarni rag‘batlantirish va biznes aloqalarni faollashtirish yo‘llari muhokama qilingan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring