Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bayden samolyotga chiqayotganda yana qoqildi, lekin... (Video)

Bayden samolyotga chiqayotganda yana qoqildi, lekin... (Video)

Foto: «M.123ru.net»

AQSh prezidenti Jo Bayden «Air Force One» bortiga ko‘tarilayotganda yana qoqilib ketdi. «The Hill» voqea videosini «Twitter»ga joylagan.

Videoda Amerika prezidenti yomg‘irli ob-havo sharoitida zinapoyadan ko‘tarilayotgani aks etgan. Soyabon va yo‘l xaltasini o‘zi ko‘tarib olgan. Yomg‘ir tufayli sirpanchiq zinalardan birida qoqilib ketadi. Lekin Bayden bu safar o‘zini yiqilishdan saqlab qoldi.

19-mart kuni AQSh prezidenti Jo Bayden samolyotga ko‘tarilayotib uch marta qoqilgani va yiqilib tushgani ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokamaga sabab bo‘ldi.

Oq uy Amerika yetakchisi hodisadan so‘ng o‘zini yaxshi his qilayotgani hamda kuchli shamol tufayli yiqilganini ma’lum qilgandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring