Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bayram kunlari Toshkentda avtobuslarning harakatlanish tartibi e’lon qilindi

Bayram kunlari Toshkentda avtobuslarning harakatlanish tartibi e’lon qilindi

Prezidentning tegishli farmonlari bilan joriy yilning 30 va 31-dekabr hamda 2024-yilning 1 va 2-yanvar kunlari dam olish deb e’lon qilingan edi.

«Toshshahartransxizmat» ushbu kunlarda avtobus saroylariga biriktirilgan avtobus yo‘nalishlarining faoliyati qanday tartibda tashkil etilishini ma’lum qildi.

Unga ko‘ra:

  • 2023-yil 30-dekabr, shanba – dam olish kuni. Yakshanba kunlari uchun tasdiqlangan jadvallar asosida;
  • 2023-yil 31-dekabr, yakshanba – ishlanmaydigan bayram kuni. Yakshanba kunlari uchun tasdiqlangan jadvallar asosida;
  • 2024-yil 1-yanvar, dushanba – dam olish kuni. Yakshanba kunlari uchun tasdiqlangan jadvallar asosida;
  • 2024-yil 2-yanvar, seshanba – dam olish kuni. Yakshanba kunlari uchun tasdiqlangan jadvallar asosida;
  • 2024-yil 6-yanvar, shanba – ish kuni. Ish kunlari uchun tasdiqlangan jadvallar asosida.
Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring