Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bayram tadbirlari, Navro‘z ta’tili, internet tezligi, savodsiz notariuslar, «Titanik»ni cho‘ktirgan styuardessa, Urugvay bilan o‘rtoqlik, yana bir achchiq haqiqat va boshqa xabarlar

Bayram tadbirlari, Navro‘z ta’tili, internet tezligi, savodsiz notariuslar, «Titanik»ni cho‘ktirgan styuardessa, Urugvay bilan o‘rtoqlik, yana bir achchiq haqiqat va boshqa xabarlar

Kollaj: «Xabar.uz»

Bugun, 8-mart kuni O‘zbekiston va dunyoda ro‘y bergan xabarlar, yangiliklar haqida yana bir bor eslab o‘tamiz. Shuningdek, saytimizda e’lon qilingan dolzarb maqolalar va foydali ma’lumotlarni ham tavsiya qilamiz.

Siyosat

Eksklyuziv video: «Muqaddas va mo‘’tabar Ona siymosiga ta’zim qilamiz»

«Ayolning nafosati va nazokati, vafo va sadoqati, aql-zakovati va fidoiyligi asrlar mobaynida yer yuzida hayot davomiyligi va abadiyligiga asos bo‘lib keladi. Shu bois ham dunyodagi eng buyuk san’at asarlari, qo‘shiq va qasidalar, me’moriy obidalar ayollar sha’niga bag‘ishlangandir. Oila va jamiyat ustuni, hayotimizning fayzi va ko‘rki bo‘lgan xotin-qizlarni e’zozlash, ularga hurmat...

Foto. Shavkat Mirziyoyev ishtirokida bayram tadbiri

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ishtirok etib, mamlakatimiz xotin-qizlarini bayram bilan tabrikladi.

Tojikistonga tarixiy tashrif. Tayyorgarlik qanday? (video)

Avval xabar berganimizdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev joriy yilning 9-10-mart kunlari Tojikiston Respublikasiga davlat tashrifini amalga oshiradi. Ilk davlat tashrifi yakunlari bo‘yicha 20 dan ortiq davlatlararo va hukumatlararo kelishuvlar imzolanishi ko‘zda tutilmoqda.

Prezident matbuot kotibi Tojikistonda imzolanadigan bitimlar haqida aytdi

Shuningdek, tashrif doirasida o‘tkaziladigan biznes-forum va O‘zbekiston milliy sanoat ko‘rgazmasida umumiy qiymati 140 million dollardan ziyod bo‘lgan tijorat shartnomalari imzolanishi kelishilgan.

Jamiyat

YPX xodimlaridan ayol haydovchilarga kutilmagan sovg‘a (video)

Xalqaro xotin-qizlar kuni O‘zbekistonda keng nishonlanmoqda. Shu maqsadda Toshkent shahar IIBB YPX xodimlari ayol haydovchilarga shokolad sovg‘a qilib, bayram bilan tabriklamoqda.

Bahor keldi. Holsizlik boshlandi. Bu paytda qanday ovqatlanish zarur?

Bahor kelishi bilan paydo bo‘ladigan muammolardan biri gipovitaminozdir. Bahor faslida vitamin yetishmasligining oldini olish va to‘g‘ri ovqatlanishga o‘tish uchun nima qilish kerak? Bizning maqolamiz shular haqida.

O‘zbekiston harbiylaridan o‘ziga xos bayramona aksiya (fotoreportaj)

O‘zbekiston Qurolli Kuchlari akademiyasi kursantlari, Qurolli Kuchlar Markaziy ashula va raqs ansambli hamda Mudofaa vazirligi Markaziy harbiy orkestri jamoalari bilan birgalikda poytaxtimizdagi bir necha savdo markazlarida bo‘lib, bu yerdagi ayolarni 8-mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni bilan o‘zgacha uslubda tabriklashdi. Bu haqda Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.

«Xabar.uz»dan ajoyib bayram sovg‘asi (video)

«Xabar.uz» axborot-tahliliy portali 8-mart — Xalqaro xotin-qizlar bayrami munosabati bilan Toshkent shahar IIBB YHXB bilan hamkorlikda ajoyib sovg‘a tayyorladi. Quyida uni tomosha qilishingiz mumkin.

O‘zbekistonda qurol sotib olishga ruxsatnoma shartmi?

Sessiyada «Pnevmatik qurol sotib olish, olib yurish va saqlash uchun ruxsatnoma shartmi?» degan savolga O‘zbekiston Respublikasi IIV Patrul-post va jamoat tartibini saqlash bosh boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i, podpolkovnik Doniyor Teshaboyev quyidagicha javob berdi.

Navro‘z bayramida maktab o‘quvchilariga necha kun ta’til beriladi?

Qayd etilishicha, joriy yilning 26 mart kuni IV chorakning birinchi kuni hisoblanadi.

Hodisa

Mast kursdoshi do‘pposlagan qarshilik talaba shifoxonada vafot etdi

Natijada A.Sultonov kasalxonaga yotqizilib, ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramay vafot etgan. A.Narzullayev qo‘lga olingan.

Madaniyat

Samarqandda Alisher Navoiy va Abdurahmon Jomiy haykali o‘rnatildi

Haykal poyiga viloyat hokimligi, davlat va jamoat tashkilotlari vakillari tomonidan gullar qo‘yildi. Talaba va o‘quvchi-yoshlar ikki buyuk alloma ijodidan namunalar o‘qidi.

Texnologiya

O‘zbekiston internet tezligi bo‘yicha reytingda o‘z o‘rnini yaxshiladi

«Speedtest.net» internet servisi an’anaviy «Speedtest Global Index» reytingini e’lon qildi.

Sport

O‘zbekiston o‘z tarixida birinchi bor Urugvay termasi bilan o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazadi

Shu yilning 7-iyun kuni JCh-2018 ning yana bir ishtirokchisi Urugvay terma jamoasi O‘zbekistonga qarshi maydonga tushadi.

«Nasaf» a’zolari Qatardagi xalqaro musobaqada ishtirok etishadi

Mazkur musobaqada 2000, 2001 va 2003-yilda tavallud topgan yosh futbolchilar ishtirok etishadi. O‘zbekistondan mazkur musobaqada Qarshining «Nasaf» klubi akademiyasi vakillari ishtirok etishadi.

Dunyo

«Emirates» aviakompaniyasi samolyot ekipaji faqat ayollardan iborat birinchi reysni amalga oshirdi

«Emirates» aviakompaniyasi xizmatchilarining 40 foizi ayollardir, ularning ko‘pchiligi styuardessalik qiladi.

Ukrainaga Rossiyadan 18 ta kitobni olib kirish taqiqlandi

Davlat teleradioqo‘mitasi ushbu nashrlarning mazmuni Ukrainaning mustaqilligini tugatish, zo‘ravonlikni targ‘ib qilish, millatlararo, irqiy va diniy adovatni qo‘zg‘ashga qaratilgan deb ta’kidlaydi.

Floridada o‘qituvchilarga qurol olib yurishga ruxsat beruvchi qonun qabul qilindi

O‘qituvchilar va maktabda ishlaydigan boshqa kishilar qurol olib yurishiga ruxsat beruvchi qonun loyihasini Vakillar palatasi 67 ovoz bilan qabul qildi.

Argentinaning eng so‘nggi diktatori 90 yoshida vafot etdi

Argentina harbiy xuntasining oxirgi boshlig‘i Reynaldo Binone 90 yoshida vafot etdi. Bu haqda 7-mart kuni «Todo Noticias» telekanaliga asoslanib TASS xabar bermoqda.

«Coca-Cola» tarixda ilk bor alkogolli ichimlik ishlab chiqaradi

Ichimlik Yaponiyada ishlab chiqariladi, alkogol darajasi uch darajadan sakkiz darajagacha bo‘ladi. Mahsulotning asosiy iste’molchisi ayollar bo‘lishi kutilmoqda.

Tavsiya qilamiz

Alixonto‘ra Sog‘uniy qay tarzda o‘g‘irlab ketilgan edi?

Sovet Ittifoqining shunday biqinida vujudga kelgan, ko‘pgina mamlakatlar tan olishi muqarrar bo‘lib qolgan Sharqiy Turkiston atalmish musulmon davlati qonxo‘r Stalinni dahshatga solgan edi. Shu sababdan Stalinning fosiqlarcha tuzgan rejasi va bolshevistik ruhda amalga oshirilgan siyosiy nayrang oqibatida Alixonto‘ra 1946-yil 28-iyunda G‘ulja shahridan o‘g‘rincha Toshkentga keltiriladi.

Yana milliy aviakompaniya. Ma’lumot olish mashaqqati

Yaxshi bilamiz, Navro‘z bayrami munosabati bilan o‘zbekistonliklar 5 kun dam olish imkoniga ega bo‘ldi. Bundan maqsad: xalqimiz bayramni munosib qarshilashi, yasharish va yangilanish faslida yaqinlari holidan xabar olib, tarixiy qadamjolar, ziyoratgohlarni ziyorat qilishi, oilaviy sayohatga chiqishi uchun sharoit yaratishdir.

«Shumqadam» ayol: ikkita «Titanik»ni cho‘ktirgan styuardessa

Mashhur «Titanik» kemasining fojiali taqdiri barchamizga ma’lum. U o‘zining ilk reysidayoq halokatga uchragan va ummon qa’riga g‘arq bo‘lgan. Lekin «Titanik»ning ikkita «aka-uka»si bo‘lganini hamma ham bilavermaydi. Eng qizig‘i, ushbu kemalarning ham taqdiri ayanchli yakunlangan. Shuningdek, har uchala kemaning shum taqdiriga bir ayol kishining bog‘liqligidan-da ko‘pchilik bexabar.

Achchiq, ammo ochiq haqiqat...

Chor hukmdorlari mulkimizni tamomila qo‘lga olishdi. Matbuot, gazeta jurnal degan gaplar paydo bo‘ldi. Mahalliy tilda ilk bor chiqqan «Turkiston viloyatining gazeti»da «imparato‘r hazrati oliylari», «ginirol-gubirnato‘r zoti oliylari»ga bag‘ishlangan sahifa-sahifa maqolalar chop etildi. Ammo Oqpodshoning taxti ham omonat ekan. Yurtimiz uzra Inqilob quyoshi porladi...

Aslidan ko‘ra «ulyugi» qimmat yoki xo‘jalik paxtasining narxi nega osmonda?

Kelin sarposida yangi ko‘rpa-yostiqlar, ko‘rpachalar bo‘lishi o‘zbekona qadriyatlardan biri. Darvoqe, yap-yangi, ohori to‘kilmagan ko‘rpachalar solingan mehmonxonalarning fayzi-tarovati o‘zgacha bo‘lishi barchaga ma’lum. Shu boisdan to‘yga tayyorgarlik jarayonida xo‘jalik paxtasi uchun sarflanadigan xarajatlar ham bor. Ayni kunda ushbu mahsulot narxlarining keskin oshgani yoki bozor rastalaridan yo‘qolib qolgani ko‘pchilikni o‘ylantirib qo‘ydi.

Savodsizlikka undayotgan lug‘at-ma’lumotnoma (foto)

O‘zi bu kartochkalar tafakkurni charxlashga mo‘ljallanganmi yoki ingliz tili mutaxassislarining bilimlarini sinovdan o‘tkazish uchun mo‘ljallanganmi, bilmadimu, lekin lug‘at-ma’lumotning eng oxirgi sahifasida bu maktabgacha yoshda bo‘lgan bolalar va boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga mo‘ljallangani yozilgan ekan.

Siz qachon dars o‘tasiz, muallim?!

Kecha eshitgan bir xabarimdan keyin bizda ta’lim tizimi hali-beri o‘nglanmasligiga ishonch hosil qildim. Hozir ilmiy faoliyatimni chet elda amalga oshirayotgan bo‘lsam-da, o‘zim ishlagan universitetdagi hamkasblarim va talabalarim bilan doim xabarlashib turaman. Qadrdon universitetimga oid har bir xabar men uchun juda muhim.

Notariuslarga avvalo savod kerak!

Fuqarolar bilan ishlashda hanuzgacha qo‘pol muomalada bo‘lish, ularni sarson qilish, ko‘rsatilgan xizmatlar uchun ortiqcha pul mablag‘larining undirilishi holatlari mavjud. Bunday kamchiliklarga yo‘l qo‘yganligi uchun 229 nafar notariat xodimiga nisbatan keskin choralar ko‘rilgan. Ayrimlari bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilingan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring